O’zbekistonda 4 ta qishloq xo’jalik oliy o’quv yurtlari va viloyat
universitetning agrar fakultetlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida bunday mutaxassislar tayyorlashda fanlar rolini oshirish muhim deb sanaladi. Bunda «o’quv jarayonida zamonaviy mehanizmni singdirish, ilmiy izlanishlar natijasini tajriba maydonlarida sinovdan o’tkazib, ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish» samara beradi.
Toshkent
Davlat agrar universiteti 1930 yilda tashkil topgan bo’lib, uning taraqqiyoti yo’li xalqimiz tarixi, uning agrosanoat tizimi, madaniyati, oliy ta`lim, ilm-fan rivoji bilan chambarchas bog`liq.
Mamlakatimiz dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishi, uning iqtisodiy taraqqiyoti, paxta va g`alla
mustaqilligini ta`minlashda,
qishloq xo’jaligida iqtisodiy isloxotlarini rivojlantirishda universitet jamoasi o’z munosib xissasini qo’shish maqsadida quyidagi yo’nalishlarida ishlar olib kelmoqda:
-
O’zbekiston Respublikasi
«Ta`lim to’`risidagi» qonun va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga tayangan xolda bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali mehnat qilish ko’nikmalariga ega yetuk mutaxassilar
tayyorlash tizimini takomillashtirish;
-
Qishloq xo’jaligida zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, rivojlangan mamlakatlar ilg`or tajribasini teran tahlil qilish negizida istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish;
-
Talaba yoshlarni Vatanga muxabbat va sadoqat,
ajdodlar merosiga yuksak hurmat ruhida, ilm-ma`rifatli hamda barkamol insonlar etib tarbiyalash.