Sport – salomatlik garovidir. Bu tushuncha azal
– azaldan qonimizga singib ketgan. Chunki bizlar «Alpomish va Barchinoylar» avlodidanmiz. Bizning ruhimizda, qonimizda, jonimizda ulug` ajdodlarimizning muqaddas ruhi yashaydi. Axir, O’zbekistonni ulug`vor, jannat makon qilishga, boyliklarimizni, qadriyatlarimizni
ko’z qorachig`idek avaylab-asrashga, qo’yingki, mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga
va yuksaltirishga
sog`lom kuchlar zarur. Ular chaqqon va
gu`zal, kuchli va yengilmas bo’lishlari uchun onalarimizning ona sutidan tortib, yurtimizning aziz nonlari, xalqimizning tuganmas mexr – muxabbati xizmat qiladi. Shularni oqlash uchun
xam yoshlarimizning ma`suliyatini chuqurroq anglab yetmoqdalar. Bu ma`suliyat O’zbekiston
sportini jaxon miqyosiga olib chiqish, o’zbek sportchilarining nomini olamga yoyish vazifasi turibdi. Bu vazifani universitetimiz
yoshlari xam sharaf bilan ado etmoqdalar. Ularning va bizning
maqsadimiz yagona, ya`ni O’zbekistonga ko’plab kuchli sportchilarni yetkazib berish yo`lida hormay – tolmay ter to’kishdir. Biz bu vazifani
ado etishimizda xamisha
universitet jismoniy tarbiya kafedrasiga suyanamiz.
Universitetda sport asosiy tayanch nuqtalaridan biridir. Uning keng ko’lami va
faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar to’liq yaratilgan.
Kafedra mudiri, Yunon rum kurashi bo’yicha sport ustasi, shu soha bo’yicha
qator o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi, O’zbekistonning bir necha marta chempioni, dotsent Mirsulton Solixov, dotsent, «Talaba» - sport klubining raisi, kurash bo’yicha O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ustoz, sport ustasi, shu soha bo’yicha qator o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi, Ashirbek Abdusattorov, dotsent, og`ir atletika bo’yicha jahon, Yevropa, O’zbekiston rekordchisi va sobiq SSSRning
xamda IV-xalqaro spartakiadasining chempioni, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ustoz, xalqaro toifadagi sport ustasi, I-darajali «Sog`lom avlod uchun» ordenning sohibi, XX-asr sportchisi laureati Erkin Karimov talabalar bilan sportning 17 turidan sho’g`ba mashg`ulotlari olib bormoqdalar. Bu sho’g`balarda 450 dan ortiq talaba-yoshlar
o’zlarining jismoniy tayyorgarlik mahoratlarini oshiryaptilar. Kafedra
o’qituvchilari shahar, respublika va xalqaro ilmiy
va amaliy konferensiyalarda qatnashib,
1 ta o’quv qo’llanma, 11 ta uslubiy qo’llanma va 100 dan ortiq maqolalar chop ettirib, sport nazariyasiga o’zlarining katta hissalarini qo’shmoqdalar. Universitet sport jamoasi universitetlar o’rtasida 2000
yil 20-30 may kunlari Namangan shahrida o’tkazilgan birinchi «Universiada – 2000» musobaqasida
muvaffaqiyatli qatnashib,
universitet shanini sharaf bilan oqladilar. Ikki talabamiz belbog`li kurash bo’yicha bronza medailga sazovor bo’ldilar va 9 ta
talaba yengil atletika bo’yicha kuchli o’nlikka kirdi. Belbog`lik kurash bo’yicha 1999 yil 8-9 may kunlari Parkent shahrida Xotira va qadrlash
kuniga bag`ishlangan xalqaro musobaqalarda U.Maxamatov 60 kg vaznda
hamma raqiblarini yengib, birinchi o’rinni egalladi va «Tiko» yengil
avtomashina bilan taqdirlandi. Hozirgi paytda universitetimizda 8 ta talaba sport turlari bo’yicha O’zbekiston terma jamoalarining a`zolaridir. Sh.Dalimov Dzyu-Do bo’yicha sport ustasi, yoshlar o’rtasida Osiyo chempionatining sovrindori; M.Imomov taykvando bo’yicha O’zbekiston terma komandasining a`zosi, bir necha xalqaro musobaqalarning sovrindori.
Milliy
kurash xalqaro qoidalari bo’yicha universitet terma jamoasi bir necha bora Toshkent viloyati
g`olibi.
Universitetning sport majmuasidagi 5 ta zal, yopiq suv havzasi va 2 ta
tennis o’yin maydoni talabalarimiz ixtiyorida.