Agrar universitetining kutubxonasi qishloq xojaligi ixtisosligidagi oliy oquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ichida eng yirigi hisoblanadi. U bosh oquv binosiga galereya bilan birlashgan alohida ikki qavatli binoda joylashgan. Mazkur bino ikkinchi qavatda majlislar zalini joylashtirish uchun maxsus ravishda loyihalashtirilgan, birinchi qavatda va yertolada kutubxona joylashgan. Birinchi qavatda qiro`atxonalar, kutubxonaning xizmat va yordamchi xizmat xonalari, yertolada esa kitoblar ombori joylashgan. Kutubxonaning umumiy maydoni 897 m2.
Kutubxona 4 ta qiro`atxonaga
ega: ikkita talabalar uchun, bitta aspirant va magistrlar uchun, bittasi professor-oqituvchilar tarkibi
uchun. qiro`atxonalarning
birida kompyuter xonasi mavjud bolib, unda Internet xalqaro axborot tizimiga qoshilgan. Oqituvchilar, aspirantlar,
magistrlar, talabalar
Internet tarmog`i orqali
eng yangi ilmiy yutuqlar haqida ma`lumotlar olishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda kutubxonaning kitob fondi 998 ming nusxadagi turli bosma taboqli ozbek, rus va chet tillardagi
nashrlarga, shu jumladan 420 mingdan ortiq nusxadagi darsliklar va oquv qollanmalariga ega. Darsliklar va oquv
qollanmalari bilan ta`minlanganlik har bir talabaga, kunduzgi va sirtqi talabalarni inobatga olgan holda, 100 nusxaga yaqin. Kitob fondida koplab
ajoyib kamyob kitoblar mavjud.
Kutubxona xodimlari
yetakchi oqituvchilar bilan hamkorlikda doimiy ravishda oquv adabiyotlarini yangilab borishadi. Songgi uch yilda kutubxonaga
134 ming nusxadagi darsliklar va oquv qollanmalari
keltirildi.
qiro`atxonalarda kitoblarni ochiqcha olish mumkin. Zarur ma`lumotni ham alifboli va
muntazam katolog va kartotekalardan foydalangan holda olish mumkin. Kutubxona kutubxonalararo abonement xizmatidan foydalanadi.
U mamlakatning barcha qishloq xojaligi oliy oquv yurtlari bilan kitoblarni almashadi.
Kutubxonadan 5 mingdan ortiq kitobxonlar foydalanadi, ularga har yili 70-80 ming nusxadagi
kitoblar, jurnallar va gazetalar beriladi. Kutubxona bakalavriat talabalari, magistrlar, xodimlar, aspirantlar, professor-oqituvchilar
tarkibiga xizmatlar korsatadi. Uning xizmatidan boshqa oliy oquv yurtlari va
ilmiy-tadqiqot muassasalarining
xodimlari ham foydalanishadi.
Kutubxonada tortta bolim mavjud: komplektlash, adabiyotlar bilan ishlash, ma`lumot-bibliografiya va kitobxonlarga xizmat korsatish. Kutubxonada
20 dan ortiq xodim mehnat qiladi, ularning kopchiligi maxsus kutubxona ma`lumotiga ega. Komplektlash bolimi nashriyotlar va kitob
dokonlari bilan shartnoma asosida kitob fondining toldirilishini ta`minlaydi, agrar universitet oqituvchilari tomonidan chop
etiladigan darsliklar va oquv qollanmalari,
monografiyalar va boshqa adabiyotlarni xarid qilish bilan shug`ullanadi. Songgi yillarda Rossiyada nashr qilingan koplab oquv adabiyotlari sotib olinmoqda.
Universitet kutubxonasi
songgi yillarda koplab ilmiy-ishlab chiqarish jurnallariga obuna bolmoqda. 2001 yilda obuna boyicha Rossiyadan 24 xil jurnal va
mamlakatimizda nashr qilinadigan 36 xil jurnalni olmoqda.
Adabiyotlar xarid
qilinganidan song adabiyotlar bilan ishlash bolimiga tushadi. Ushbu bolimda ilmiy va
texnik ishlanganidan keyin adabiyotlar kitobxonaga tushadi va kitobxonlarga xizmat korsatish uchun foydalaniladi.
Ma`lumot-bibliografiya bolimi ozbek va
rus tillarida alifboli va muntazam katologlarni yuritadi. U kafedralarni muntazam ravishda yangi darsliklar va boshqa
adabiyotlar kelib tushganligi haqida xabardor qilib turadi. Bolim har oyda bir
marta Axborot kunini otkazadi.
Kutubxona ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, qishloq xojaligiga oid va badiiy
adabiyotlarni, Ozbekiston
Respublikasi Prezidentining
nutqi va ma`ruzalarini muntazam ravishda tashviq qilib boradi.
Talabalarni adabiyotlardan foydalanishga orgatish maqsadida birinchi kursda kutubxona xodimlari alifboli va muntazam
kataloglardan foydalanish
boyicha majburiy mashg`ulotlar otkazadi. Bakalavriatning qator yonalishlari va
magistratura mutaxassisliklari
uchun oquv rejalarida talabaning xohishiga kora bibliografiya oquv fani mavjud. Bu talabalarga axborotlar katta oqimida tez orientirovka qilishga, zarur axborot manbasini togri tanlashga
yordam beradi. Kutubxona ortiqcha adabiyot va
ma`ruzalar matnlarini talabalarga 50 foiz arzonlashtirilgan narxlarda sotadi.
Kutubxonaning mehnatsevar jamoasi universitet talabalari, aspirantlari, oqituvchilari va
xodimlariga yaxshi xizmat korsatish, ularni zarur adabiyotlar bilan ta`minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga oz ulushini qoshmoqda.