O’zbekiston
Respublikasining davlat suverenitetiga erishishi arafasida oliy o’quv
yurtining agrar universitet maqomiga ega bo’lishi Toshkent davlat agrar
universitetiga mamlakatimiz mustaqilligi bilan o’zini tengdosh, deb
hisoblash imkonini berdi.
Oliy
qishloq xo’jalik o’quv yurtining tashkil etilishi Markaziy Osiyoning
ko’plab boshqa oliy o’quv yurtlari kabi 1918 yil Toshkentda mahalliy
ziyolilar tashabbusi bilan tashkil etilgan Mirzo Ulu`bek nomli Milliy
universitet bilan bevosita bog`liq.
20-yillarda
Mirzo Ulu`bek universitetining 8 ta fakulteti tarkibida o’sha paytda yirik
hisoblangan qishloq xo’jalik fakulteti ham bor edi. Fakultetda qishloq
xo’jalik agranomlari, zootexniklar va iqtisodchilarni tayyorlash amalga
oshirilardi va fitotexnik hamda pillachilik mutaxassisligi ham bor edi.
Mashhur tuproqshunos N.A.Dimo fakultet tashkilotchisi va birinchi dekani
edi. Fakultet professor va o’qituvchilari kadrlar tayyorlash bilan bir
qatorda fanni mintaqa ehtiyojini hisobga olgan holda rivojlantirdi. Sug`oriladigan
dehqonchilik maydonlarini kengaytirish maqsadida tuproq va o’simliklar
dunyosini o’rganish bo’yicha ekspedisiyalar tashkil etildi.
Milliy
universitetning qishloq xo’jalik fakulteti Markaziy Osiyoda oliy qishloq
xo’jalik ta`limini tashkil etish, mahalliy qishloq xo’jalik va biologik
fanni rivojlantirish, oliy maktablar, ilmiy muassasalar va ishlab
chiqarishni professional kadrlar bilan ta`minlashda muhim rol o’ynadi. 1922
yil 24 nafar kishi fakultetning birinchi bitiruvchilari bo’lishdi. 1930
yilgacha fakultetda 677 nafar mutaxassis tayyorlandi.
20-yillarning
oxirlarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning jadal o’sishi qishloq
xo’jalik mutaxassislariga ehtiyojni ancha oshirdi. Bu esa mutaxassislarni
tayyorlashni ko’paytirish va mustaqil institut tashkil etishni zaruratini
yuzaga keltirdi. Shu sababli SSSR Markaziy ijroiya qo’mitasi kotibiyatining
1930 yil 26 maydagi qarori bilan Milliy universitetning qishloq xo’jalik
fakulteti negizida O’rta Osiyo qishloq xo’jalik instituti tashkil etildi va
bir qancha qayta tashkil etishlardan so’ng 1934 yilning oktyabrida Toshkent
qishloq xo’jalik instituti nomiga ega bo’ldi.