Shu
bilan birgalikda, o’quv-moddiy bazani uzluksiz mustahkamlash, samarali
bilim olish, ilmiy tadqiqotlar, talablarning yashashi va turmushi uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratish ma`muriyat hamda jamoaning doimiy e`tibor
markazidadir. O’quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar jam`armasi muntazam
yangilanib, laboratoriyalar ilmiy asbob-uskunalar bilan to’ldirilmoqda,
o’quv jarayoni jadallashtirish va bilimlarni nazorat qilish vositalari,
o’qitishning texnik vositalari va kompyuterlar bilan jihozlanayapti.
Oliy
o’quv yurtida uch nafar xodimdan iborat o’qitishning texnik vositalari
laboratoriyasi tashkil etilganidan so’ng, 1969 yilda uni ushbu vositalar
bilan jihozlash boshlandi. O’sha paytda bilimlarni dasturiy nazorat
qilishning birinchi sinfi o’rnatildi. 70-yillarning boshlarida birinchi
lingofon xonasi montaj qilindi. Oliy o’quv yurtini o’qitishning texnik
vositalari va elektron hisoblash texnikasi bilan jihozlash 70-yillarning
ikkinchi yarmida boshlandi. 80-yillarda oliy o’quv yurtida kafedralarni
elektron hisoblash mashinalari va kompyuterlar bilan jihozlash bo’yicha
ko’plab ishlar amalga oshirildi.
80-yillarda
o’quv binolari, yotoqxonalar, sport va sog`lomlashtirish
inshoatlarini barpo etish jadal sur`atlarda olib borildi. Toshkent qishloq
xo’jalik instituti tashkil etilganidan buyon, ya`ni 61 yil mobaynida 40368
nafar oliy ma`lumotli mutaxassis, shu jumladan kunduzgi bo’limda - 25631
nafar va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 14737 nafar mutaxassis
tayyorladi. Shulardan agrokimyo va tuproqshunoslik mutaxassisligi bo’yicha
2284, agronomiya mutaxassisligi bo’yicha 12070, meva-sabzavotchilik hamda
uzumchilik bo’yicha 4051, o’simliklar himoyasi bo’yicha 3233, pillachilik
bo’yicha 3839, zootexnika bo’yicha 1448, o’rmon xo’jaligi bo’yicha 2335,
iqtisodiyot va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha
6009, qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi bo’yicha 1875 nafar hamda 172
nafar biologiya va qishloq xo’jaligi asoslari o’qituvchisi tayyorlandi.
Toshkent
qishloq xo’jalik institutining Farg`ona
filialida 1979-1987 yillarda 2431 nafar, shu jumladan agronomiya
mutaxassisligi bo’yicha 640 nafar, zootexnika bo’yicha 526 nafar,
iqtisodiyot va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha
633 nafar, qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi bo’yicha 631 nafar
mutaxassis tayyorlandi.