Ilmiy
ishlarni himoya qilish bo’yicha ilmiy kengashlar 1968-1975 yillarda jadal
ishladi va ularning yi`ilishlarida 700 dan oshiq nomzodlik va 50 ta
doktorlik ilmiy ish himoya qilindi.
Keyingi
yillarda ilmiy ishlar himoyasi bo’yicha kengashlar soni va ular ko’rib
chiqish huquqiga ega bo’lgan mutaxassisliklar soni bir muncha qisqardi.
Jami Toshkent qishloq xo’jalik institutining ilmiy kengashlarida (1940
yildan 1991 yilgacha) 80 ta doktorlik va 1300 ta nomzodlik ilmiy ishi
himoya qilindi.
Oliy
o’quv yurtining aspiranturasini bitiruvchilari va uning ilmiy kengashlari
yi`ilishlarida ilmiy ish yoqlaganlarning ko’pchiligi Markaziy Osiyoning
barcha mamlakatlaridagi qishloq xo’jalik ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy
o’quv yurtlari, boshqaruv organlari hamda qishloq xo’jaligi korxonalarida
mehnat qilmoqda. Ularning ko’pchiligi mashhur olimlar, fan va ta`lim
tashkilotchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va o’quv yurtlarining
rahbarlari bo’lishdi.
Oliy
o’quv yurti mutaxasislar va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash bilan bir
qatorda har doim ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va fanning rivojlanishiga
katta e`tibor qaratdi. Har bir kafedra o’qitilayotgan o’quv fanlarga
muvofiq muammolar bo’yicha tadqiqotlar o’tkazdi. 95 foizdan oshiq
o’qituvchilar va 80 foizdan oshiq talabalar ilmiy tadqiqotlar bilan mash`ul
bo’lishdi. Har yili joriy qilish rejalariga oliy o’quv yurtining 8-10 ta
ishlanmalari kiritilib, 6-8 ta ilmiy ishlar to’plami, 4-6 ta monografiya,
5-10 ta tavsiyanoma va broshyuralar chop etildi.
Oliy
o’quv yurtida ishlagan yoki hozir ham ishlayotgan R.A.Olimjonov,
M.A.Pankov, A.M.Shleyxer, A.I.Avtonomov, A.A.Almaniyozov, Ye.N.Mixaylov,
V.A.Shekin, N.N.Balashev, A.A.Ribakov, X.X.Yenileyev, A.M.Rasulev,
I.N.Felisant, Z.U.Umarov, M.V.Savich, A.V.Gvozdikov, M.B.Doshanov,
S.M.Ablayev, V.I.Zuyev, N.G.Simongulyan, K.R.Rahmonberdiev, P.V.Protasov,
V.T.Lev, I.N.Niyozaliev, X.M.Maxsudov, N.A.Xan, S.R.Muammedxonov,
X.X.Kimsanboyev, A.A.Abdusamatov, N.P.Roldugina kabi va boshqa professorlar
ilm-fanning rivojlanishi va ilmiy kadrlar tayyorlashga ulkan hissa
qo’shgan.