BOSH SAHIFAGA MAIL

1 2 3 4 5 6 7  -  TDAU TARIHI  - 1 2 3 4 5 6 7

 

 

                                                                    

 

 

TDAU TARIHI

 

 

 

HOZIRGI KUNDA

 

 

 

FAKULTETLAR

 

 

 

KUTUBXONA

 

 

 

SPORT

 

 

 

MA`LUMOTLAR UCHUN

Oliy o’quv yurtining malaka oshirish fakultetida dastlab ikkita bo’lim, ya`ni kolxoz va sovxozlar uchun rahbar kadrlar tayyorlash bo’yicha olti oylik o’qitish bo’limi hamda 80-yillargacha 10-12 ta, keyinchalik 16-18 ta mutaxassislik bo’yicha 1-3 oylik qishloq xo’jalik rahbar kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo’limi faoliyat yuritdi. Shundan so’ng rahbar kadrlarni tayyorlash bo’lim yopildi. Biroq, turli viloyatlar, respublika vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokidagi ikki haftalik seminarlar o’tkazish yo’li bilan malaka oshirish sezilarli darajada kengaydi.

 

Oliygohning malaka oshirish fakultetida boshqa ittifoqdosh respublikalar mutaxassislari ham o’simliklarni himoya qilishning biologik usuli, pillachilik, qishloq xo’jalik toksikologiyasi va radiobiologiyasi, sabzavotchilik, qishloq xo’jaligi korxonalarini taftish va nazorat qilish mutaxassisliklari bo’yicha o’z malakalarini oshirishdi. Ba`zi yillari oliy o’quv yurtining malaka oshirish fakultetida 1500-1800 nafar qishloq xo’jalik mutaxassisi o’z malakalarini oshirdi. Jami fakultetda 45 ming nafardan oshiq mutaxassis o’z malakasini oshirdi.

 

Toshkent qishloq xo’jalik instituti qariyb yarim asr davomida chet el mamlakatlari uchun ham mutaxassislar tayyorladi. Oliy o’quv yurtida xorijiy talabalarni tayyorlash 1946 yildan, aspirantlarni tayyorlash esa 1948 yildan boshlandi. 1951 yilda ularning birinchi qaldir`ochlari aspiranturani bitirdi. Shundan buyon Toshkent qishloq xo’jalik instituti Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 71 ta mamlakati uchun 1039 nafar oliy ma`lumotli mutaxassis, 40 ta mamlakatning 206 nafar fan nomzodini tayyorladi. Ularning orasida Vetnam uchun bir nafar fan doktori tayyorlandi.

 

1976 yildan 1990 yilgacha oliy o’quv yurti huzurida BMTning o’qish muddati o’n hamda besh oylik iqtisodiyot va qishloq xo’jaligi statistikasi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirish kurslari ishlab turdi. Mazkur kurslarda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 75 mamlakatidan 615 nafar mutaxassis o’z malakalarini oshirdi. Bundan tashqari, 25 ta chet el mamlakatining 111 nafar mutaxassisi turli kafedralarda stajirovkadan o’tishdi.

 

 

 

Hosted by uCoz