Milliy universitetning
qishloq xo’jalik fakulteti va uning negizida qishloq xo’jalik instituti tashkil etilishi hamda rivojlanishida R.R.Shreder, N.R.Dimo, A.D.Brodskiy, N.I.Kurbatov, A.P.Rostovskiy,
L.N.Molchanov, E.F.Poyarkov,
G.M.Popov, A.Ya.Fyodorov,
S.A.Kudrin, Ya.D.Nagibin,
M.I.Slonim, B.S.Maligin,
V.V.Yaxontov, V.P.Drobov,
N.G.Zaprometov kabi yirik olimlar va boshqalar o’z hissasalarini qo’shgan. Ularning ko’pchiligi Rossiyadan kelib, o’z hayotini xalqimiz taqdiri bilan bog`ladi, o’zbek va boshqa
mahalliy millat vakillaridan ko’plab shogirdlar tayyorlashdi.
Toshkent
qishloq xo’jalik institutining kelgusi rivojlanish yo’li mamlakatimiz tarixi, uning agrosanoat majmui, iqtisodiyoti, madaniyati, oliy ta`limning rivojlanish tarixi bilan bo`liq. Institutning har bir rivojlanish
bosqichi jamiyat, mamlakatning xalq xo’jaligi, iqtisodiyoti va madaniyatining muayyan o’zgarishlari hamda yutug`lari bilan bog`liq bo’lib, ahamiyati bo’yicha ushbu yutug`larga qo’shilgan munosib ulush hisoblanadi.
Kichik fakultet va institutdan
tashkil topgan ushbu oliy o’quv yurti shu vaqt ichida
qishloq xo’jaligi bo’yicha O’rta Osiyoda yirik o’quv va ilmiy
markazga aylandi. Bunga oliy o’quv yurtining munatazam qo’llab-quvvatlanishi
va unga
davlat tomonidan ko’rsatilgan yordam, oliy o’quv yurtida taniqli olimlar, yuqori malakali pedagoglarning to’planishi hamda ularning samarali mehnati yordam berdi.
O’ziga xos sug`oriladigan dehqonchilik sharoitlarida agronomiya, zootexnika, iqtisodiy yo’nalishlar va
mutaxassisliklar bo’yicha
mutaxasislar hamda ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash oliy o’quv yurtining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Ta`lim-tarbiyani takomillashtirish, o’quv jarayonini tashkil etish, o’qitishning yangi texnologiyalarini joriy qilish va talabalarning olayotgan bilimlarini nazorat qilish, o’qituvchilar malakasini oshirish, dars berish sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish,
ularning samaradorligini
oshirish, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, o’qitish, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashni oliy o’quv yurti rektorati, professor-o’qituvchilari
va jamoatchilik tashkilotlari har doim o’z faoliyatidagi
muhim vazifalar deb hisoblaydi.