BOSH SAHIFAGA MAIL

1 2 3 4 5 6 7  -  TDAU TARIHI  - 1 2 3 4 5 6 7

 

 

                                                                    

 

 

TDAU TARIHI

 

 

 

HOZIRGI KUNDA

 

 

 

FAKULTETLAR

 

 

 

KUTUBXONA

 

 

 

SPORT

 

 

 

MA`LUMOTLAR UCHUN

Toshkent qishloq xo’jalik instituti faoliyat ko’rsatgan yillari davomida turli yillarda tor ixtisoslik bo’yicha ham mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, turli yillarda agronomiya, paxtachilik, seleksiya va uru`chilik, efir moyli o’simliklar, tolali o’simliklar, meva va sabzavotchilik, uzumchilik, subtropik o’simliklar, himoyalangan tuproq sabzavotchiligi, uzumchilik va uzumni birlamchi qayta ishlash, o’simliklar himoyasi - o’simliklarning biologik himoyasi, o’rmon xo’jaligi - o’rmon meleoratsiyasi, bog`-xiyobon qurilishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlandi.

 

Mamlakatimizning barcha yirik qishloq xo’jalik korxonalari, ilmiy muassasalari, qishloq xo’jalik institutlari va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarish organlarida, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham Toshkent qishloq xo’jalik instituti bitiruvchilari mehnat qilmoqda. Ular mamlakatimiz xalq xo’jaligining rivojlanishiga o’zlarining munosib ulushlarini qo’shmoqda. Oliy o’quv yurtining ko’plab bitiruvchilari ishlab chiqarish ilg`orlari, yirik olimlar bo’lib yetishdi, davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida mas`ul lavozimlarni egallab, shirkat, kooperativ, ijara, jamoa, dehqon, fermer va boshqa xo’jaliklarning yirik mehnat jamoalarini boshqarayotir. Bitiruvchilarimiz orasida Oliy Majlis, viloyat va tuman kengashlari deputatlari bor. 40 nafardan oshiq bitiruvchimiz Mehnat qahramoni unovniga sazovor bo’ldi, ko’pchiligi esa hukumat va davlat mukofotlari bilan taqdirlanib, ko’pchiligiga faxriy unvonlar berildi.

 

Mazkur oliy o’quv yurti qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hisoblanadi. 40-yillarda institut qoshida o’simliklarni himoya qilish va pillachilik bo’yicha agronomlar tayyorlash, O’rta Osiyo respublikalari uchun mutaxassislar tayyorlovchi bir yillik kurslar faoliyat ko’rsatgan.

 

1996 yilda qishloq xo’jalik mutaxassislari malakasini izchil va yuqori darajada oshirish maqsadida oliy o’quv yurti huzurida kolxoz va sovxozlar rahbarlarining bir yillik maktabi hamda vazirlik huzuridagi uch oylik malaka oshirish kurslari bazasida malaka oshirish fakulteti tashkil etildi.

 

 

 

 

 

Hosted by uCoz