O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’z
yo’lini tanlashida, bozor iqtisodiyotiga o’tishida, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishida ro’y berayotgan iqtisodiy isloxotlar va qishloqdagi ijtimoiy
o’zgarishlar, yuqori malakali qishloq xo’jaligi kadrlarni tayyorlash
(mutaxassislarni) hamda agrar fani yutu`larini xayotga joriy qilish,
qishloq xo’jaligi taraqiyotining ilmiy asoslash zaruriyatini kun tartibiga
qo’ydi.
Toshkent davlat agrar universiteti
Markaziy Osiyodagi eng keksa va yirik qishloq xo’jalik oliy o’quv
yurtidir. Ilgari Toshkent qishloq xo’jalik instituti deb yuritilgan ushbu
oliy qishloq xo’jalik o’quv yurti 1991 yilning aprelida agrar universitet
maqomiga ega bo’ldi. Marakaziy Osiyo va Qozog`istonda faqat ushbu oliy
o’quv yurtigina shunday maqomga sazovor bo’ldi. Sobiq SSSRning 104 ta
qishloq xo’jalik institutidan faqat sakkiztasi o’sha paytda yuqori
malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilm-faning
rivojlanishi, ilmiy-pedagogik salohiyatni to’plash va sifatini yaxshilash,
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash borasida
erishgan yutuqlari uchun agrar universitet maqomiga ega bo’lgan edi.